20/08/2026

Joriy yilning 6 oyida viloyatimiz boʻyicha avtomobil transportida 266,0 mln nafar yoʻlovchi tashilgan.

2025-yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda, bu koʻrsatkich 4,5 % ga oshgani kuzatiladi.

Eng koʻp yoʻlovchi tashish xizmatlari koʻrsatilgan hududlar:

Urganch shahri - 56,0 mln (viloyatdagi jami yoʻlovchining 21,1 %i)

Hazorasp tumani -  24,5 mln (9,2 %)

Xonqa tumani - 24,4 mln (9,2 %)

Gurlan tumani - 23,2 mln (8,7 %)

Urganch tumani - 22,9 mln yoʻlovchi (8,6 %).

 

 Axborot xizmati