2026-yilning 6 oyida Xorazm viloyatining eksport hajmi 265,3 mln AQSH dollarini tashkil etdi.
Oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda tovar va xizmatlar eksporti 26,1 % ga koʻpaydi.
Tahlillarga koʻra, viloyat eksportida eng yuqori ulush Xiva shahriga toʻgʻri kelgan va 41,9 mln dollarni yoki 15,8 % ni tashkil etgan.
Ushbu hududda eksport hajmi 2025-yilning 6 oyiga nisbatan 73,2 foizga (17,7 mln dollarga) oshgan.
Eksportda yuqori hajmga ega tovar va xizmatlar:
xizmatlar - 32,3 mln dollar
sanoat tovarlari - 7,5 mln dollar
oziq-ovqat mahsulotlari - 2,0 mln dollar.

Axborot xizmati



