2024- yilning  yanvar-sentabr oylarida Tuproqqal’a tumanida 150,6 mlrd so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 65,2 %i yoki 98,2 mlrd so‘mi norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri keldi.

2024- yil  yanvar-sentabr oylarida Bog‘ot tumanida asosiy kapitalga umumiy hajmi 320,2 mlrd so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirildi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Hazorasp tumani sanoatida  451,3 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi.

2024- yilning  yanvar-sentabr oylarida  viloyatimizda 6 113 ta yangi kichik biznes subyekti tashkil etildi.

2024- yilning 1- noyabr holatiga viloyatimizda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida 3 052 ta korxona va tashkilot faoliyat olib bordi.

2024- yilning  1- noyabr holatiga tashish va saqlash xizmatlari sohasida  faoliyat yuritayotgan 1 040 ta korxona va tashkilotning 1 037 tasini tadbirkorlik subyektlari tashkil qilgan.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatimizga 8 208 kishi ko‘chib kelgan bo‘lib, 2023- yilning mos davriga  nisbatan ushbu ko‘rsatkich 39,1 % ga oshdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024- yil 4- martdagi PQ-114-son qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, joriy yilning avgust oyida Statistika agentligi markaziy apparatida “Central Asia Certification” sertifikatlash tashkilotining xalqaro auditorlari tomonidan Agentlik faoliyatining xalqaro standartlarga muvofiqligi yuzasidan xalqaro sertifikatlash auditi o‘tkazildi.

2023- yilda O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun jami iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha 356,1 trln so‘m, dollar ekvivalentda 30,2 mlrd AQSH dollarida asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilgan.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatimizda  barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 34 609 tonna uzum yetishtirildi.

2024- yilning 1- oktabr holatiga dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida mavjud chorva mollari va parrandalar bosh soni:

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2024- yilning yanvar-oktabr oylarida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi 11 548,1 mlrd so‘mni tashkil etib, 2023- yilning  yanvar-oktabr oylariga nisbatan 108,5 % ga yetdi.

2024- yilning 1- noyabr holatiga viloyatimizda 27 461 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritgan bo‘lib, ular sonining hududlar kesimida taqsimlanishi quyidagicha bo‘lgan:

2024- yilning 1- noyabr holatiga viloyatimizda 38 452 ta korxona va tashkilot ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ularning soni 3 602 taga ko‘paydi.

2024- yil yanvar - sentabr oylarida viloyat bo‘yicha avtomobil transportida 351,0 mln yo‘lovchi tashilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich  o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,0 % ga oshdi.

Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida viloyat bo‘yicha 476,1 mlrd so‘mlik shaxsiy xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lib, umumiy hajmdagi ulushi 2,5 % ni tashkil etdi.

Viloyatimizda 2024- yilning yanvar-sentabr oylarida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 20,8 % bo‘lib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan fizik hajm indeksi 10,8 % ga oshdi va ishlab chiqarish hajmi 4,4 trln so‘mga to‘g‘ri keldi.

2024- yilning  1- noyabr holatiga savdo sohasida  faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 9 158 tani tashkil qiladi.