Joriy  yilning  26- yanvar kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularning qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan seminar bo‘lib o‘tdi.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida viloyatimizning barcha hududlarida statistika bo‘limlari xodimlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2024-yilning 1-yanvar holatiga Xorazm viloyati boʻyicha jami doimiy aholi soni 1 995,6 ming kishini tashkil etgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2024- yilning 1- yanvar holatiga jami 44 935 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritmoqda.

2023- yilning 12 oyi yakunlariga ko‘ra, viloyatimizda asosiy kapitalga investitsiyalar hajmining 2022- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 125,0 %ni tashkil qilgan.

2023- yilning yanvar-dekabr oylarida Gurlan tumanining FHDYO idoralari tomonidan 1 338 ta nikoh qayd etilgan bo‘lib, 2022- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 110,9 %ni tashkil qilgan.

2023- yilning yanvar-dekabr oylarida Xorazm viloyatida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi (12 050,7 mlrd so‘m)ning hududlar kesimida taqsimlanishi:

2023- yilning yanvar-dekabr oylarida viloyatimizdagi kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 3 445,2 mlrd so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilib, uning umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 16,3 % ni tashkil etdi.

2023- yilning 12 oyi yakunlariga ko‘ra, viloyat bo‘yicha eng ko‘p nikohdan ajralish holatlari Urganch shahrida qayd etilgan va 318 tani tashkil qilgan.

2023- yilning yanvar-dekabr oylarida viloyat tashqi savdo aylanmasi tarkibida eng yuqori ulush Tuproqqal’a tumanining hissasiga to‘g‘ri kelgan va 23,6 % ulush bilan 206,0 mln AQSH dollarini tashkil qilgan.

2024- yilning 1- yanvar holatiga viloyatimizda eng ko‘p kichik biznes subyektlari savdo sohasida faoliyat yuritgan va ularning soni 9 223 tani, umumiy tarkibdagi ulushi 38,7 %ni tashkil qilgan.

2024- yilning 1- yanvar holatiga viloyatimizda faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 23 854 tani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1 762 taga yoki 6,9 % ga kamaygan.

 2023- yilning yanvar-dekabr oylarida viloyat bo‘yicha bajarilgan yangi qurilish ishlari hajmi (4,4 trln so‘m)ning hududlar kesimida taqsimlanishi quyidagicha bo‘lgan:

2023- yilning yanvar-dekabr oylarida viloyatdan xorijiy davlatlarga eksport qilingan tovar va xizmatlar hajmining 32,8 %i Rossiya Federatsiyasi hissasiga to‘g‘ri kelgan va 97,2 mln AQSH dollarini tashkil qilgan.

2023- yilning yanvar-dekabr Xorazm viloyati Xitoy bilan tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 111,5 mln AQSH dollarini tashkil qilgan.

2024- yilning 24-25- yanvar kunlari Hazorasp tumanining “Sanoat”, “Karvak", “Istiqlol” va "Shukrona" mahalla fuqarolar yig‘inlarida statistika idoralari mas’ullari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Joriy yilning 1-yanvar holatiga koʻra, respublikamizda yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish sohasida 43 584 ta  korxona va tashkilotlar roʻyxatdan oʻtgan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylari davomida trolleybus transportida 669,6 ming yoʻlovchi tashilgan.