2023-yilning  1- dekabr holatiga Hazorasp tumanida 1 479 ta kichik biznes subyektlari faoliyat yuritgan.

2023- yil 1- dekabr holatiga Urganch shahrida 5 311 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritgan va viloyatdagi jami korxonalar sonining 19,2 %i ushbu hudud hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2023 yilning yanvar-noyabr oylarida Bog‘ot tumanida 546 ta  yangi tadbirkorlik subyekti tashkil etilgan.

2023- yilning yanvar-noyabr oylarida Tuproqqal’a tumanida hajmi 247,4 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 109,4 %ni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Xiva shahrida umumiy hajmi 331,7 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ushbu ko‘rsatkich 2,9 %ga oshgan.

Shu yilning yanvar-noyabr oylarida Urganch tumanida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 890,2 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Joriy yilning 26- dekabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti I.Otajanov tomonidan “Urganch baxmal” MCHJ da huquqiy targ‘ibot doirasida navbatdagi o‘quv seminari tashkil etildi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida respublika boʻyicha jami 6 972,1 ming tonna don va dukkakli don ekinlari yetishtirilgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakuniga koʻra, Xorazm viloyati boʻyicha qurilishda yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat hajmi 1 770,5 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

2023-yilning  yanvar-noyabr oylarida Xiva tumanida 378 ta yangi kichik biznes subyektlari tashkil etilgan.

2023- yilning  11 oyi yakunlariga ko‘ra, viloyatimiz eksporti hajmi 280,4 mln AQSH dollarini tashkil etdi.

2023-yilning  yanvar-noyabr oylarida Xorazm viloyatining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar (Rossiya, Qirg‘iz Respublikasi, Qozog‘iston, Belarus va Armaniston) bilan tashqi savdo aylanmasi 242,0 mln AQSH dollarini tashkil etdi.

2023-yilning  yanvar-noyabr oylarida viloyat tashqi savdo tovar aylanmasi jami hajmida  (804,7 mln AQSH dollari) hududlar orasida eng yuqori ulushi Tuproqqal’a tumani hissasiga to‘g‘ri kelgan va 23,9 %ni tashkil qilgan.

 2023-yilning 1- dekabr holatiga Shovot tumanida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 2 238 tani tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida  Qo‘shko‘pir tumanida 362,2 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, shundan 55,1 %i yoki 199,5 mlrd so‘mi norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Joriy yilning 11 oyi yakunlariga ko‘ra, viloyatimizda  faoliyat yuritayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan 3,1 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, jami ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 16,4 %ni tashkil etdi.

2023-yilning  1- dekabr holatiga Xonqa tumanida 1 828 ta kichik biznes subyektlari faoliyat yuritgan.

2023-yilning  yanvar-noyabr oylarida viloyat bo‘yicha 2651,4 mlrd so‘mlik savdo xizmatlari ko‘rsatilgan va o‘tgan yilning tegishli davri bilan solishtirilganda 105,4 % o‘sish sur’ati qayd etilgan.