2023- yilning 1- dekabr holatiga viloyatimizda 9 445 ta korxona va tashkilot savdo sohasida faoliyat yuritgan.

2023- yilning yanvar-noyabr oylarida chakana tovar aylanmasi tarkibida ovqatlanish korxonalari savdo aylanmasining ulushi 2,9 %ni tashkil etib, 316,6 mlrd so‘mga yetdi va 2022- yilning mos davriga nisbatan 10,8 %ga ko‘paydi.

Viloyat bo‘yicha 2023- yilning yanvar-noyabr oylarida uyushmagan savdo tovar aylanmasi 2 111,3 mlrd so‘mni tashkil etib, 2022- yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan  o‘sish sur’ati 101,2 % darajani ko‘rsatdi.

2023- yilning yanvar-noyabr oylarida viloyat chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmi 623,7 mlrd so‘mni tashkil qildi (2022- yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan 9,4 %ga kamaydi).

2023- yil 1- dekabr holatiga  Shovot tumanida 1 538 ta tadbirkorlik subyekti faoliyat ko‘rsatgan.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Xonqa tumanida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmi 776,6 mlrd so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 106,3 %.

2023- yil 1- dekabr holatiga Qo‘shko‘pir tumanida 2 574 ta tijorat korxonasi davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lib, ularning soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 435 ta oshgan.

2023- yil  1- dekabr holatiga Xiva tumanida 2 578 ta korxona va tashkilot davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lib, shundan 1 920 tasi faoliyat yuritgan.

2023- yilning yanvar-noyabr oylarida Xorazm viloyatida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi (11919,3 mlrd so‘m)ning hududlar kesimida taqsimlanishi:

Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida Yangibozor tumanida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari 448,4 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lib, shundan 81,4 %i kichik biznes hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2023- yil 1- dekabr holatiga ko‘ra, tashish va saqlash xizmatlari sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 1 137 tani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda 101 taga ko‘paygan.

2023- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyatida  savdo, yashash va ovqatlanish xizmatlari sohasida 1 379,0 mlrd.so‘m miqdorda qo‘shilgan qiymat yaratilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,9 %ga yuqori.

2023-  yilning 11 oyining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Xonqa tumanining  chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 690,4 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Xorazm viloyatining barcha hududlarida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini o‘rganish bo‘yicha 4 savdo (YATT) tanlanma kuzatuvi o‘tkazila boshlandi.

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari U.Bardiyev shu yilning 19- dekabr kuni Xiva shahridagi “Angarik” mahallasidan tanlanma kuzatuvga tushgan A.Davletov xonadonida  uy xo‘jaliklari kuzatuvini o‘tkazish jarayonida ishtirok etdi.

Xorazm viloyati statistika boshqarmasida bugun, 19-dekabr kuni Statistika agentligi Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i, xotin-qizlar tashkiloti raisi Z.Talipova ishtirokida  yig‘ilish tashkil etildi.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasida jami 132,4 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-noyabr oylarida FHDYO organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasida 887 424 nafar tirik tug‘ilish holatlari qayd etilgan.