2025- yilning 1- yanvar holatiga viloyat doimiy aholi sonining hududlar kesimida taqsimlanishi:

2024- yil yanvar- dekabr oylarida barcha toifadagi xoʻjaliklarda yetishtirilgan donli ekinlar 580 102 tonnani, yoki 2023- yilning mos davri bilan solishtirganda o‘sish sur’ati 117,1 % ni tashkil etdi.

2024- yilning 12 oyi yakunlariga ko‘ra, viloyatimizda asosiy kapitalga investitsiyalar hajmining 2023- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 114,7 % ni tashkil qilgan.

2024- yilning yanvar-dekabr oylarida viloyatimizda 1 924 ta nikohdan ajralishlar qayd etilgan bo‘lib, har 1000  aholiga nikohdan ajralishlar koeffitsiyenti 1,0 promilleni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-dekabr oylarida Xorazm viloyati bo‘yicha 47 423 ta tug‘ilish holatlari qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 nafar aholiga nisbatan tug‘ilish koeffitsiyenti  23,5 promilleni tashkil etdi.

2025- yil 1 –yanvar holatiga ko‘ra, viloyat doimiy aholisi sonining 31,1 %i mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 58,3 %i mehnatga layoqatli yoshdagilar va 10,6 %i mehnatga layoqatli yoshdan kattalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

2024- yil yanvar- dekabr oylarida viloyatimiz bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 20 698,2 mlrd so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi yoki ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmining 73,2 %   ini tashkil qildi va o‘sish sur’ati    2023- yilning tegishli davriga nisbatan  114,0 % ni tashkil  qildi.

2024- yilning yanvar-dekabr oylarida viloyatimizda markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning hajmi 1 496,1 mlrd so‘mni, ulushi 10,1 % ni tashkil etdi

2025- yilning 1- yanvar holatiga Hazorasp tumanida  2 500 ta korxona va tashkilot ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, shundan 1 554 tasi faoliyat yuritgan.

2025- yilning 31- yanvar kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida huquqiy savodxonlikni oshirish bo‘yicha navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi.

2025- yilning 31- yanvar kuni  Shovot tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi  S.Otajonov tomonidan tumandagi “Po‘lat” va “Beshchiqir” mahalla fuqarolar yig‘inida joyiga chiqqan holda mahalla fuqarolar yig‘inining xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni  xarita bilan solishtirish hamda mahalla aholi sonini aniqlashtirish  ishlari olib borildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2024- yilning yanvar-dekabr oylarida respublikamizdagi barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 1 825,8 ming tonna uzum yetishtirilgan.

 Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2024- yilning yanvar-dekabr oylarida xorijdan qiymati 11,6 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 2,5 mln kv m gilam import qilingan.

2025- yilning 1- yanvar holatiga Xiva shahri aholi demografiyasining asosiy ko‘rsatkichlari:

2024- yilning  yanvar-dekabr oylarida Urganch shahrida 1 231,9 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2023- yilning 12 oyiga nisbatan 101,7 % ni tashkil qildi.

2025- yilning 1- yanvar holatiga Gurlan tumanida barcha toifadagi xo‘jaliklarda boqilayotgan chorva mollari va parrandalar bosh soni ma’lumotlari (2024- yilning 1- yanvariga nisbatan o‘sish sur’ati bilan):

2024- yilning yanvar-dekabr oylarida Bog‘ot tumanida 1 475,9 mlrd so‘mlik dehqonchilik mahsulotlari yetishtirilgan.

2024- yilning yanvar-dekabrida  Xiva tumanida  asosiy kapitalga 1 157,6 mlrd so‘mlik investitsiya o‘zlashtirilgan bo‘lib, 2023- yilning shu davriga nisbatan 28,7 % ga ko‘paygan.