Joriy yilning 22- fevral kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i A.O‘tamuratov va Yangibozor tumani statistika bo‘limi boshlig‘i B.Artiqovlar Yangibozor tumanida  uy-joylarning tanlanma kuzatuvi dislokatsiyasiga tushgan turar joylar kuzatuvini o‘tkazishdi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha xalqaro yoʻnalishda jami 15 192 dona aviaparvozlar amalga oshirilgan boʻlib, 1 kunda oʻrtacha 41 ta aviaparvozlar amalga oshirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2023- yilning yanvar oyida xorijdan qiymati 633,1 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 13 ta samolyot import qilgan.

Statistika agentligining ma‘lumotlariga ko‘ra, 2022- yilda O‘zbekiston Respublikasida mehnat resurslari soni 19494 ming kishini tashkil etgan boʻlib, mazkur koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan taqqoslanganda 0,8 foizga koʻpaygan.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar oyida O‘zbekistonda 5 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Xonqa tumanida 733,8 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Dastlabki  ma’lumotlarga ko‘ra,  Xorazm viloyatida  2022- yilda YAHM tarkibida kichik tadbirkorlik subyektlarining ulushi 71,6 %ni tashkil qilgan.

Dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra,  Urganch shahrida 2022- yilda faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining  har 1000 aholiga nisbati 33,3 birlikni tashkil qilgan.

Urganch tumanida  2022- yilda asosiy kapitalga respublika byudjeti hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiya hajmi  150,1 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Qo‘shko‘pir tumanida  2022- yilning yanvar-dekabr oylarida asosiy kapitalga  o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 969,8 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Xorazm viloyatida  2023- yilning 1- fevral holatiga tashish va saqlash sohasida 1 056 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritgan (2022- yilning 1- fevraliga nisbatan o‘sish 23,8%).

Xorazm viloyatida  joriy yilning  1- fevral holatiga sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar  sohasida  faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 2022- yilning shu davriga nisbatan 10,3 %ga oshgan va 609 taga yetgan.

Viloyatimizda 2023- yilning 1- fevral holatiga  savdo sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 8 939 tani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18,7 %ga oshgan.

Xorazm viloyatida 2023- yilning yanvar oyida jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 10,9 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,  viloyatimizda  joriy  yilning yanvar oyida 3 287 ta “Damas” avtomobili ishlab chiqarilgan.

Dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra,  Xorazm viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar tomonidan  2023- yilning yanvar oyida  1 131,9 mlrd  so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022- yilning yanvar oyiga nisbatan ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 84,6 %ni tashkil etdi.

2022- yil yakunlari bo‘yicha Xorazm viloyatida xizmatlar sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 10 129,8 mlrd so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 5,4 % ga o‘sdi.

Joriy yilning 21- fevral sanasida statistika organlarida tadbirkorlik subyektlari (respondentlar)ga statistika hisobotlarini taqdim etishda ko‘maklashish, ularning huquqiy madaniyatini oshirish va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha profilaktika ishlarini tashkil etishga bag‘ishlangan navbatdagi seminar o‘tkazildi.