23/05/2024

Viloyatimizning barcha hududlarida reja asosida o‘tkazib kelinayotgan tanlanma kuzatuvlar statistik ma’lumotlarni shakllantirishda muhim  manba bo‘lib xizmat qiladi. Statistika idoralari mas’ullari va xodimlari tomonidan shu kungacha deyarli barcha hududlarda xizmatlar sohasida o‘zini-o‘zi band qilgan jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati o‘rganildi.

 Bugun, 23- may kuni viloyatimizning  Gurlan tumanida o‘tkazilgan kuzatuvda  Statistika agentligi Xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasi boshlig‘i  A.Mirzoxidov, Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining  o‘rinbosari U.Bardiyev, tuman statistika bo‘limi bosh mutaxassisi Q. Urazmatovlar ishtirok etishdi.

 Kuzatuv jarayonida olib borilgan o‘rganish ishlarining sifati mas’ullar tomonidan tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarga kelgusidagi o‘rganishlar jarayonida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan kuzatuv uchun mas’ul bo‘lgan hududiy bo‘lim mas’ul xodimiga tegishli tavsiyalar berildi.

 Axborot xizmati