2023- yilning 16- noyabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i A.O‘tamuratov Yangibozor tumanidagi  “Hamid Olimjon” mahallasidan S.Xaitov xonadonida  uy xo‘jaliklari kuzatuvini o‘tkazish jarayonida ishtirok etdi.

Xorazm viloyati statistika boshqarmasida  shu yilning 15- noyabr kuni  “Biz korrupsiyaga qarshimiz!” mavzusida  huquqiy targ‘ibot yo‘nalishida  seminar o‘tkazildi.

Shu yilning 15- noyabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida 2023- yilning  III choragi yakunlari hamda Davlat statistika ishlari dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishi tahlili va undan kelib chiqadigan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Xorazm viloyatida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan 1,1 trln. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirildi. Ularning jami investitsiyalardagi ulushi 15,7 %ni tashkil etdi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha havo transporti orqali jo‘natilgan yuklar hajmi 6,3 ming tonnani tashkil etgan.

2023- yilning 1- noyabr holatiga viloyatimizda faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 24 417 tani tashkil etgan.

2023- yil 1- noyabr holatiga  viloyatimizda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 24 555 taga yetib, 2019- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 161,7 foizni tashkil etdi (9 371 ta).

2023- yilning  yanvar-oktabr oylarida viloyatimizda 5 697 ta korxona va tashkilot yangi tashkil etilgan bo‘lib, ularning faoliyat ko‘rsatayotganlar soniga nisbati 20,6 %ni tashkil qilgan.

Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatimizda norasmiy sektor tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi  1569,0 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Xorazm viloyatida  2023- yilning yanvar-sentabr oylarida qayd etilgan nikohdan ajralish holatlari soni 1 868 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 357 taga oshgan.

Yangibozor  tumanida joriy yilning yanvar-sentabr oylarida umumiy hajmi 356,1 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, 2022 yilning mos davriga nisbatan o‘sish 12,3 %ni tashkil qilgan.

2023- yilning 1- oktabr holatiga Xiva tumanining doimiy aholisi soni 153560 kishini tashkil etib, o‘tgan yilning 1- oktabriga nisbatan 1,8 %ga ko‘paygan.

2023- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Yangiariq tumanida asosiy kapitalga jami investitsiyalarning 57,1 %ini tashkil etgan 233,2 mlrd so‘mlik to‘g‘ridan –to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kafolatlanmagan kreditlar o‘zlashtirilgan.

2023- yilning 1- oktabr holatiga Tuproqqal’a tumani doimiy aholisi soni 58 891 kishini tashkil etib, joriy yil boshiga nisbatan 965  kishiga ko‘paygan.

2023– yilning yanvar– sentabr oylarida viloyatimizdagi barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 382,5 mln dona tuxum ishlab chiqarildi.

2023- yilning yanvar-sentabr oylarida Shovot tumanida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlari hajmi 687,2 mlrd so‘mni tashkil qilgan va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,5 %ga oshgan.

2023- yilning yanvar-sentabr oylarida Hazorasp tumanida asosiy kapitalga jami investitsiyalarning 86,6 %iga teng bo‘lgan 344,4 mlrd so‘mlik markazlashmagan investitsiyalar  o‘zlashtirilgan.

2023- yilning yanvar-sentabr oylarida Urganch tumanida dehqonchilik mahsulotlari yetishtirish hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,7 %ga oshgan va 803,9 mlrd so‘mga yetgan.