2023- yilning yanvar-sentabrida viloyat bo‘yicha kichik tadbirkorlikning eng yuqori ulushlari  quyidagi sohalarda qayd etildi:

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 35,5 ming tonna kungaboqar yogʻi ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 43,6 % ga oshgan. Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning sentabr oyida yirik korxonalar tomonidan 7,5 ming tonna kungaboqar yogʻi ishlab chiqarildi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarining umumiy hajmi 137 432,4 mlrd. soʻmni yoki 2022-yilning mos davriga nisbatan 104,9 % ni tashkil etdi. Yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 48,6 % ni tashkil qildi.

2023- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatimizning chakana tovar aylanmasi tarkibida ovqatlanish korxonalari savdo aylanmasining ulushi 2,9%ni tashkiletib, 239,5 mlrd so‘mga yetdi va 2022- yilning mos davriga nisbatan 8,1 % ga ko‘paydi.

Xorazm viloyatida  2023- yilning 1- oktabr holatiga ulgurji savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 2 205 tani tashkil etib, 2022- yil  shu davriga nisbatan 257 taga ko‘paygan va o‘sish sur’ati 113,2 % tashkil etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning 1- oktabr holatiga viloyatning doimiy aholi soni (1983,7 ming kishi)ning tuman va shaharlar kesimida taqsimlanishi (ming kishida):

Xorazm viloyatining 2023- yilning dastlabki 9 oyidagi xizmatlar eksporti hajmi 8,3 mln AQSH dollarini yoki jami eksport hajmining 3,7 % ini tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 11,4 % ga kamaydi.

Viloyat bo‘yicha 2023- yilning yanvar-sentabrida  iqtisodiy faoliyat turlariga ko‘ra eng ko‘p kichik korxona va mikrofirma savdo sohasida 2 158 ta, sanoatda  895 ta hamda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 555 ta yangidan tashkil etilgan.

2023- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatimizda asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida aholi mablag‘larining ulushi 24,3 %ni yoki 1 636,8 mlrd so‘mni tashkil qildi.

2023- yilning yanvar-sentabr oylarida  viloyat sanoatida ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlari hajmi 9 559,1 mlrd so‘mni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 4,0 % ga oshdi.

2023- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatimizda   491,7 mlrd so‘mlik aloqa va axborotlashtirish xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan hajmning 99,2 mlrd so‘mga yoki 23,9 %ga oshgani kuzatilgan.

Bog‘ot tumanining chakana savdo  tovar aylanmasi hajmi  2023- yilning yanvar-sentabr oylariga  506,1  mlrd so‘mni tashkil qilgan va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,0 %ga oshgan.

Xiva tumanining ulgurji savdo aylanmasi hajmi  2023- yilning yanvar-sentabr oylariga  285,8 mlrd so‘mni tashkil qilgan va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan  9,6 %ga  yoki  50,6 mlrd so‘mga oshgan.

2023- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyat bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalarning o‘tgan yilning mos davriga nisbatan eng yuqori o‘sish sur’ati Qo‘shko‘pir tumanida  qayd etildi va 135,9 %ni tashkil qildi.

Urganch tumanida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari tomonidan shu yilning yanvar-sentabr oylarida  673,1 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida Tuproqqal’a tumanida 116,7 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, shundan 74,2 mlrd so‘mi (63,6 %i) norasmiy sektor  hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Gurlan tumanida  joriy yilning  yanvar-sentabr oylarida 1836,2 mlrd so‘mlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 11,8 %ga ko‘paygan.

2023- yilning yanvar-sentabr oylarida  Urganch shahrida 3552,8 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, viloyatdagi ulushi 38,1 %ni tashkil qilgan.