2023- yilning 1- iyul holatiga viloyatimizda 4 911 ta oilaviy korxona faoliyat yuritgan bo‘lib, shundan 25,3 % yoki 1 241 tasi sanoat sohasi hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Xorazm viloyati avtomobilsozlik sanoatida 2023- yilning yanvar-iyun oylarida jami 34 944 dona yengil avtomobil ishlab chiqarildi.

2023- yilning 6 oyida viloyatimiz xorijiy davlatlarga 162,7 mln AQSH dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar eksportini amalga oshirgan.

Viloyatimizning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar (Rossiya, Qirg‘iz Respublikasi, Qozog‘iston, Belarus va Armaniston) bilan tashqi savdo aylanmasi 129,5 mln AQSH dollarini tashkil etdi.

Xorazm viloyati bo‘yicha 2023- yilning yanvar-iyun oylarida o‘tkazilgan bozor kuzatuvlari natijalari uyushmagan savdo tovar aylanmasi hajmi 977,9 mlrd so‘mni tashkil etib, 2022- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan  4,6 % ga oshganini ko‘rsatdi.

Xorazm viloyatida so‘nggi 6 yillikda chakana savdo tovar aylanmasining yuqori o‘sish sur’ati 2019- yilda kuzatildi.

2023- yil yanvar-iyun oylarida Xorazm viloyatida umumiy maydoni 495,8 ming kv.m. (shu jumladan, qishloq joylarida 410,6 ming kv.m.) bo‘lgan 1741 ta uy-joy foydalanishga topshirildi.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida viloyatimizda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmining o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 99,6 %ni tashkil etdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yil 1- iyul holatiga viloyat aholisi sonining o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 101,8 %ni tashkil qilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,  2023- yilning yanvar-iyunida Xorazm viloyati YAHMining tarkibida tarmoqlarning ulushi (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati bilan):

2023- yil yanvar-iyun oylarida viloyat bo‘yicha asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmining hududlar kesimida taqsimlanishi:

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatimizda 2023- yilning yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish  umumiy hajmi 10 392,8 mlrd so‘mni, YAHMdagi ulushi 68,3 % ni tashkil qildi.

2023- yilning yanvar-iyun oylari yakunlari bo‘yicha viloyatimiz sanoatida  2 041,7 mlrd so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning 1- iyul holatiga Xorazm viloyati doimiy aholi soni (1 971,8 ming kishi)ning hududlar kesimida  taqsimlanishi (ming kishida):

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning 1- iyul holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36 372 276 kishini tashkil etgan.

2023-yil yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasida jami 139,1 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasida jami 68,1 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

2023-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, barcha mutaxassislikdagi vrachlar jami soni 100,5 ming nafarni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2017-yilga nisbatan taqqoslaganda (2017-yil 85,4 ming nafar) 17,7 % ko‘paygan.