2023- yilning 10- iyul kuni Xorazm viloyatining Urganch shahrida kuzatuv dislokatsiyasiga tushgan aholiga xizmat ko‘rsatish shahobchalarida navbatdagi narx kuzatuvi o‘tkazildi.

2023-yil 1-yanvar holatiga bemorlar yotib davolangan xususiy tibbiyot muassasalari soni 675 tani tashkil etdi.    

2022-yilda FHDYO organlari tomonidan Xorazm viloyatida jami 16 636 ta nikoh qayd etilgan boʻlib, shundan:

2023-yilning yanvar-iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida uy xo‘jaliklarining uy-joy turlari bo‘yicha taqsimlanishi:

Xorazm viloyatida 2023- yilning yanvar-may oylarida  faoliyat yuritayotgan kichik biznes subyektlarining  ulgurji savdo tovar aylanmasi hajmi 1883,4 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,1 %ga oshgan.

2023- yilning 1- iyun holatiga viloyatimizda tashish va saqlash sohasida 125 ta xususiy korxona va tashkilot faoliyat yuritgan.

Xorazm viloyati 2023- yilning  yanvar-may oylarida xorijiy davlatlardan qiymati 4,8 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan mineral yoqilgʻi, yogʻlash moylari va shunga oʻxshash materiallarni import qilgan.

2023- yilning yanvar-may oylarida viloyatimizdan eng ko‘p toʻqimachilik mahsulotlari Qirgʻiz Respublikasiga eksport qilingan bo‘lib, qiymati 14,9 mln AQSH dollarini, mahsulot eksporti umumiy hajmidagi ulushi 41,7 %ni tashkil qilgan.

2023- yilning yanvar-may oylarida Urganch shahrida faoliyat yuritayotgan 2 340 ta kichik biznes subyekti tomonidan hajmi 855,8 mlrd so‘mlik chakana savdo amalga oshirilgan.

2023- yil yanvar-may oylarida Xiva shahrida ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmi 254,4 mlrd so‘mni tashkil qilib, eng yuqori ulush ta’lim xizmatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan va 16,5 % darajada qayd etilgan.

2023- yilning  yanvar-may oylarida Urganch tumani ishlab chiqaradigan sanoat umumiy hajmining 27,8 %iga teng bo‘lgan 107,3 mlrd so‘mlik iste’mol tovarlari ishlab chiqarilgan.

  2023- yilning  1- iyun holatiga Qo‘shko‘pir tumanida 451 ta oilaviy korxona va tashkilot faoliyat yuritib, shundan 188 tasi (41,7 %) savdo sohasi hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2023- yil yanvar-may oylarida Hazorasp tumanida 107,7 mlrd so‘mlik moliyaviy xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lib, umumiy bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 31,3 %ni tashkil qilgan.

2023 -yilning yanvar-may oylarida Xonqa tumanida bajarilgan qurilish ishlari hajmi 143,4 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning 5 oyiga nisbatan 13,9 %ga oshgan.

Shovot tumani sanoatida shu yilning yanvar-may oylarida umumiy hajmi  337,5 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Shu kunlarda aholini ro‘yxatga olish ishlariga tayyorgarlik bevosita joylarga chiqqan holda, turar va noturar joylarning raqamlanganligi, ko‘chalarning nomlanganligini monitoring qilish orqali tashkil etilmoqda.

Xorazm viloyatining 2023- yil yanvar-may oylarida mashina va transport asbob-uskunalari importi hajmi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 25,7 mln AQSH dollariga oshdi va 107,7 mln AQSH dollarini tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-may oylarida Xorazm viloyati sanoatida 34,4 mlrd so‘mlik elektr uskunalari ishlab chiqarilgan bo‘lib, ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 0,5 % ni tashkil qilgan.