2023- yilning yanvar-mart oylarida sanoatda suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 27,7 mlrd so‘mni (jami ishlab chiqarilgan  sanoat mahsulotlari hajmining 0,6 %ini) tashkil etdi.

Xorazm viloyatida  2023- yil yanvar-mart oylarida ishlab chiqaradigan sanoatda 0,5 % ulush rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarish tarmog‘i hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2023- yilning yanvar-mart oylarida viloyatimizda  asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning texnologik tarkibida  qurilish-montaj ishlarining ulushi 52,0 %, mashina va uskunalar sotib olish xarajatlari – 44,7 %, boshqa xarajatlarning ulushi  3,3 %ni tashkil etdi.

Xorazm viloyatida  2023- yil yanvar-mart oylarida aholi mablag‘lari hisobidan jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 19,1 %i yoki 318,9 mlrd so‘mi o‘zlashtirildi.

Xorazm viloyatida  joriy yilning dastlabki 3 oyida ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar hajmi 2022- yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 3,7 %ga oshgan va 65,2 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

2023- yilning yanvar-mart oylarida Bog‘ot tumanida  110 ta yangi korxona va tashkilot tashkil etilgan.

📊 Xorazm viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning  yanvar-mart oylarida viloyatimizda hajmi 611,8 mlrd so‘mga teng bo‘lgan bino va inshootlar qurilishi amalga oshirilgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning aprel oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,8 % ga oshgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022/2023- o‘quv yilida respublika bo‘yicha umumta’lim muassasalarida ta’lim berayotgan pedagoglar soni (o‘rindoshlarsiz) 521,6 ming nafarni tashkil etgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-mart oylarida respublikamizda jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tarkibida aholi mablag‘lari hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar ulushi 9,5 % ni tashkil etdi.

2023-yil yanvar-mart oyida transport xizmatlari umumiy hajmida avtomobil transporti xizmatlarining ulushi 47,1 % ni tashkil etdi. Quvur yoʻli orqali koʻrsatilgan transport xizmatlarining hajmi 19,0 % ni tashkil etdi. Transport xizmatlarida havo transporti orqali koʻrsatilgan yuk va yoʻlovchilarni tashish boʻyicha xizmatlarning ulushi 13,8 %.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,  joriy yilning 3 oyida  viloyatimizning import hajmi 132,5 mln. AQSH dollarini  tashkil qildi va 2022- yilning mos davriga nisbatan 2,2 martaga oshdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 3 268,7 mlrd. so‘mni yoki jami qishloq xo‘jaligi mahsuloti hajmining 97,7 % ini tashkil etdi.

Xorazm viloyatida  2023- yil  yanvar-mart oylarida avtotransport vositalari va ularning ehtiyot qismlari ulgurji va chakana savdo aylanmasi 1 067,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 25,6 % ga ko‘paydi.

2023- yilning yanvar-mart  oylarida viloyatimiz sanoatida 1 123,4 mlrd so‘mlik to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-mart holatiga o‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 1 071,4 ming so‘mni (2022- yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 99,3 %) tashkil etdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-mart oylarida viloyat ishlab chiqaradigan sanoatining 22,5 %ini oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish tashkil qilgan.

Xorazm viloyatida 2023- yilning yanvar-mart oylarida korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar –332,2 mlrd so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 19,9 %ini tashkil etdi.