2023- yilning yanvar-mart oylarida Urganch shahrining tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 29,1 mln AQSH dollarini tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,9 %ga ko‘paygan.

Xorazm viloyatida  2023- yil yanvar - mart oylarida  kichik biznes subyektlarining eksportdagi ulushi 56,5 %ni tashkil qilgan.

2023-yil yanvar-mart oylarida respublikada koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar hajmi 2 499,0 mlrd. soʻmni tashkil etib, jami koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 2,6 % ni tashkil etdi. Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 107,6 %ga yetdi.

Xorazm viloyatining barcha hududlarida narx kuzatuvlari davom etmoqda.2023- yilning 10- may kuni  navbatdagi 5 narx (o‘rtacha) va 12 narx (iste'mol) kuzatuvlari Hazorasp tumani va Xiva shahrida olib borildi.

2023- yilning 1- aprel holatiga koʻra, kichik tadbirkorlik subyektlari soni 417 216 birlikni tashkil etib, shundan aynan xizmat koʻrsatish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar soni 266 305 birlikni yoki 80,5 % ni egallaydi.

2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining O‘zbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 12,5 % ni tashkil etdi.

Xorazm viloyatida  2023- yilning 1- choragida  59,5 mlrd so‘mlik sog‘liqni saqlash xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, 2022- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 108,0%ni, jami xizmatlar hajmidagi ulushi esa 2,2 %ni tashkil etgan.

 Xorazm viloyati  avtomobilsozlik sanoatida joriy yilning 3 oyida 16 855 dona yengil avtomobil (maxsus yengil avtomobillarsiz), 5 937 dona maxsus yengil avtomobil  ishlab chiqarilgan.

2023– yilning yanvar– mart oylarida Hazorasp tumanida 197,7 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan.

Xorazm viloyatida  2023- yilning 3 oyida kichik korxona va mikrofirmalar bo‘yicha yangi qurilish hisobidan 352,1 mlrd so‘mlik ishlar bajarildi  yoki jami kichik korxona va mikrofirmalarning yangi qurilish ishlaridagi ulushi  51,1 %ni tashkil  etdi.

2023- yilning yanvar-mart oylari davomida viloyatimizning  ishlab chiqaradigan sanoatida 33 994,1 tonna paxta tolasi  ishlab chiqarilgan.

 Xorazm viloyatida joriy yilning o‘tgan 3 oyida me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik  sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlarning hajmi 42,9 mlrd so‘mni tashkil etgan.

2023- yilning  yanvar-mart oylarida  viloyatda bajarilgan qurilish ishlarining eng yuqori hajm ko‘rsatkichi Urganch shahrida qayd etilgan va 221,0 mlrd so‘mni yoki jamiga nisbatan 24,5 %ni tashkil qilgan.

 Xorazm viloyatida 2023- yilning yanvar-mart oylarida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 3 194,3 mlrd so‘mni yoki 2022- yilning mos davriga nisbatan 104,7 % ni tashkil qildi.

Gurlan tumanida joriy yilning yanvar-mart oylarida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 59,4 mlrd so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15,5 %ga oshdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-mart oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 293,3 ming dona qoʻrgʻoshinli akkumulyatorlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,6 martaga oshgan.

Joriy yilning 1- aprel holatiga, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 12 368 ta bo‘lib, o‘sish sur’ati 2019- yilning mos davriga nisbatan 171,7 foizni tashkil etdi.

2023- yilning  1- aprel holatiga Hazorasp tumanining doimiy aholisi soni 202,9 ming kishini tashkil qilib, 2022- yilning shu davriga nisbatan 1,8 %ga oshgan.