11/06/2026

Shu yilning 9-iyun kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasiga Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti 3-bosqich talabalarining ekskursiyasi tashkil etildi.

Boshqarmaning umumiy ish faoliyati bilan tanishish, statistik koʻrsatkichlar, maʼlumotlar bazasini shakllantirish jarayonlarini oʻrganish, oʻzlarining ilmiy ish mavzulari uchun zarur statistik maʼlumotlarni olish maqsadida tashrif buyurgan talabalar bilan boshqarma boshligʻi A.Oʻtamuratov uchrashdi. Suhbat davomida statistika tizimida amalga oshirilayotgan tub islohotlar, maʻlumotlarni yigʻish va tahlil qilishning zamonaviy usullari hamda sohaning raqamli iqtisodiyotdagi oʻrni haqida batafsil axborot berildi.

Savol-javob tarzida oʻtkazilgan uchrashuvda talabalarning turizm, aholi demografiyaси, yuridik shaxslardan elektron tarzda qabul qilinadigan hisobotlarning turlari, tanlanma kuzatuvlarining yoʻnalishlari, aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish jarayoni bilan bogʻliq savollariga atroflicha javob berildi.

 

Axborot xizmati