2026-yilning yanvar-may oylarida Urganch shahrida jami hajmi 784,0 mlrd soʻmlik qurilish ishlari bajarilib, 2025-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 124,2 % ni tashkil etdi.

Bu koʻrsatkich viloyatda bajarilgan qurilish ishlarining 14,7 %ini tashkil qiladi.
Qurilish ishlari tarkibida kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi yuqori boʻlib, ular tomonidan koʻrilayotgan davrda 475,4 mlrd soʻmlik, yaʼni umumiy hajmning 60,1 %ini tashkil qilgan ishlar bajarilgan.
Shuningdek, qurilish ishlarining 189,8 mlrd soʻmi (24,2 %i) yirik tashkilotlar, 118,8 mlrd soʻmi (15,2 %i) esa norasmiy sektor hissasiga toʻgʻri keladi.
Joriy yilning 5 oyida Urganch shahrida 434,5 mlrd soʻmlik bino va inshootlar, 300,7 mlrd soʻmlik fuqarolik obyektlari, 48,8 mlrd soʻmlik ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari amalga oshirilgan.
Axborot xizmati



