2026-yilning yanvar-may oylarida Gurlan tumanida 456,2 mlrd soʻmlik bozor xizmatlari koʻrsatilgan boʻlib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish 17,2 % ni tashkil qildi.
Iqtisodiy faoliyat turiga koʻra yuqori hajm quyidagi xizmatlarda qayd etildi:
transport xizmatlari – 169,4 mlrd soʻm
savdo xizmatlari – 120,2 mlrd soʻm
moliyaviy xizmatlar – 44,7 mlrd soʻm.

Shuningdek, yuqori oʻsish yashash va ovqatlanish (61,2 %), ijara (43,9 %) va taʼlim (30,5 %) sohasidagi xizmatlarda kuzatildi.
Axborot xizmati



