15/07/2026

2026-yilning  yanvar-may oylarida Yangibozor tumanda faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari tomonidan umumiy hajmi 486,8 mlrd soʻmlik mahsulot ishlab chiqarilib, fizik hajm indeksi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 114,6 % ni tashkil etdi.

Viloyat sanoatida tumanning ulushi 3,3 % darajani qayd qildi.

Koʻrilayotgan davrda aholi jon boshiga sanoat ishlab chiqarishning oʻrtacha koʻrsatkichi 5 096,7 ming soʻmga toʻgʻri keldi (12,8 % ga oʻsdi).

Maʼlumot uchun: joriy yilning 1-iyun holatiga tumanda  136 ta sanoat korxonasi faoliyat yuritgan.

 

Axborot xizmati