10/08/2026

2026- yilning yanvar-iyun oylarida viloyat boʻyicha kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmi 167,4 mln AQSH dollarini yoki umumiy eksport hajmining 63,1 % ini tashkil etdi.

Hududlar kesimida eksportning jamiga nisbatan eng koʻp ulushi Hazorasp tumanida – 100,0 %, Yangibozor tumanida – 100,0 %, Yangiariq tumanida – 99,8 %, Qoʻshkoʻpir tumanida – 97,7 %, Bogʻot tumanida – 96,7 % va Urganch tumanida – 77,7 % ni tashkil qildi.

 

Axborot xizmati