2026-yilning 7-avgust kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida “Huquqiy targʻibot” tadbiri doirasida meʻyoriy-huquqiy hujjatlar targʻibotiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi (2021-yil 11-avgustdagi) OʻRQ-707-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ijrosini taʼminlash boʻyicha xodimlarga huquqiy axborot berib oʻtdi.
Shu bilan bir qatorda seminarda sohaga doir boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlar asosida statistik hisobotlarni oʻz muddatida topshirmagan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan qoʻllaniladigan maʼmuriy javobgarlikning asosiy huquqiy mezonlari yana bir marotaba tushuntirildi.


Axborot xizmati



