2026-yilning yanvar-iyun oylarida Xiva tumanida asosiy kapitalga hajmi 2,1 trln soʻmlik investitsiyalar oʻzlashtirilgan.
Bu viloyat umumiy hajmining 14,9 % ulushini tashkil etadi.
Moliyalashtirish manbalari boʻyicha investitsiyalarning tarkibi (ulushi, % da):
respublika byudjeti mablagʻlari – 65,7 %
korxona va tashkilotlarning oʻz mablagʻlari – 1,5 %
aholi mablagʻlari – 2,6 %
xorijiy investitsiya va kreditlar – 27,7 %
Suv bilan taʼminlash va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari – 0,3 %
tijorat bank kreditlari – 2,2 %.

Axborot xizmati



