Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oyi holatiga viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 20 587 tani, joriy yilning 6 oyida yangi tashkil qilinganlarining soni 2 328 tani tashkil etgan.
   Hisobot davrida kichik tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy faoliyat turlari 
 bo‘yicha  ulushi:
- Qishloq,o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 99,7 %,
 - Sanoatda – 21,9 %,
 - Qurilishda – 91,5 %,
 - Investitsiyalar sohasida – 75,0 %,
 - Savdoda – 86,6 %,
 - Xizmatlar sohasida – 63,0 %,
 - Eksportda – 49,7 %,
 - Importda – 59,4 %.
 
Axborot xizmati



