Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 8 oyi yakuni boʻyicha viloyatning tashqi savdo aylanmasi (TSA) 423,0 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 2020 - yilning mos davriga nisbatan 135,8 mln. AQSh dollariga yoki 47,3 % ga koʻpaygan.
TSA hajmida MDH davlatlarining ulushi 31,1 % ni, jami hajmi 131,6 mln. AQSh dollarini tashkil qilgan.
Viloyat TSA sida yuqori hajmga ega MDH davlatlari:
- Rossiya Federatsiyasi – 65,6 mln. AQSH dollari,
 - Qirg‘iz Respublikasi – 26,7 mln.,
 - Qozog‘iston – 18,9 mln.,
 - Turkmaniston – 7,3 mln.,
 - Ukraina – 6,2 mln.
 
Axborot xizmati



