Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-avgust oylarida viloyatda 3 379,3 mlrd.so‘mlik nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ishlab chiqarish hajmi 11,9 % ga ko‘paygan.
Shahar va tumanlar kesimida nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi:
- Tuproqqal’a tumani – 2 662,4 mlrd.so‘m,
 - Urganch shahri – 256,9 mlrd.so‘m,
 - Xonqa tumani – 89,4 mlrd.so‘m,
 - Urganch tumani – 64,3 mlrd.so‘m,
 - Xiva shahri – 53,6 mlrd.so‘m,
 - Bog‘ot tumani – 44,6 mlrd.so‘m,
 - Shovot tumani – 42,6 mlrd.so‘m,
 - Qo‘shko‘pir tumani – 36,1 mlrd.so‘m,
 - Yangiariq tumani – 29,6 mlrd.so‘m,
 - Hazorasp tumani – 29,4 mlrd.so‘m,
 - Xiva tumani – 25,3 mlrd.so‘m,
 - Gurlan tumani – 23,8 mlrd.so‘m,
 - Yangibozor tumani – 21,3 mlrd.so‘m.
 
Axborot xizmati



