Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-oktabr oylarida viloyatda 3 815 ta yangi korxona va tashkilot tashkil etilgan.
Iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra yangi tashkil etilgan korxonalar soni:
- Savdoda – 1300 ta,
 - Sanoatda – 836 ta,
 - Qishloq,o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 486 ta,
 - Yashash va ovqatlanish xizmatlari sohasida – 231 ta,
 - Qurilishda – 207 ta,
 - Tashish va saqlash sohasida – 131 ta,
 - Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida – 86 ta,
 - Axborot va aloqa sohasida - 101 ta,
 - Boshqa sohalarda – 437 ta.
 
Ma’lumot uchun: joriy yilning oktabr oyida viloyatda 290 ta yangi tashkil korxona tashkil etilgan.
Axborot xizmati



