15/04/2024

2024- yil  yanvar-fevral oylarida Xiva tumanida faoliyat yuritayotgan 270 ta sanoat korxonalari tomonidan hajmi 73,9 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Tuman sanoatida yuqori ulush to‘qimachilik mahsulotlari chiqarish hissasiga to‘g‘ri kelib 69,1 %ni yoki 51,1 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Shuningdek, ishlab chiqarish hajmida oziq-ovqat mahsulotlari (12,5 %), koks va neftni qayta ishlash (5,4 %) faoliyat yo‘nalishlari salmoqli ulushga ega bo‘lgan.

 

Axborot xizmati