15/04/2024

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024- yilning 1- yanvar holatiga O‘zbekistonda 1 km kv yer maydoniga o‘rtacha 82 nafar doimiy aholi soni to‘g‘ri keladi.



Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda o‘rtacha 1,8 kishiga ortgan (2023- yil 1- yanvar holatiga 1 kv km ga 80,2 kishi).

2024- yilning 1- yanvar holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36,8 mln kishini tashkil etmoqda.

Shahar joylarda – 18 768,5 ming kishi

Qishloq joylarda – 18 031,3 ming kishi.

 

 

 

Matbuot xizmati