15/04/2024

   Joriy yilning 15- aprel kuni Urganch shahridagi 8-son umumta’lim maktabida o‘tkazilgan seminar shu mavzuga bag‘ishlandi.

   Tadbirda umumiy o‘rta ta’lim muassasasining yuqori sinf o‘quvchilari qatnashdilar.

   Viloyat statistika boshqarmasining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi I.Polvonova  o‘quvchilarga aholini ro‘yxatga olish ishlarining samarali va maqsadli tashkil etilishi hamda respondentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘liq shakllantirilishiga erishishda so‘rovnomalarning mazmuni muhim ahamiyatga ega ekanligini tushuntirib o‘tdi. Xususan, “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 21- moddasida shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ishda amalga oshiriladigan savollar ro‘yxati - aholini ro‘yxatga olish dasturi va uning tarkibi belgilab berilgan. Shunga asosan tadbirda o‘quvchilarga besh xil shakldagi so‘rovnomalar  va ularning mazmuni bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.

 

Axborot xizmati