15/04/2024

2024- yilning 13- aprel  kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularning qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan seminar bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda asosiy mavzu  “Yoshlarga  yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ -153-sonli Prezident Qarorining targ‘ibotiga bag‘ishlandi.
Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov joriy yilning 5- aprelida qabul qilingan mazkur qaror bilan qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish orqali oziq-ovqat ekinlari yetishtirishni ko‘paytirish, bunda asosan yoshlarning bandligini ta’minlash  asosiy maqsad etib belgilanganligi  haqida  tushuntirish berib o‘tdi.

 

Axborot xizmati