16/04/2024

2024- yilning dastlabki 2 oyida Xiva shahrida faoliyat yuritayotgan 234 ta sanoat korxonalari tomonidan 53,0 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Sanoat ishlab chiqarishining 50,7 mlrd so‘mi (95,7 %i) ishlab chiqaradigan sanoati, 2,3 mlrd so‘mi (4,3 %i) suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi va chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish yo‘nalishlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Ishlab chiqaradigan sanoatning 86,6 %i yoki 45,9 mlrd so‘mini to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish tashkil qilgan.

 

  Axborot xizmati