16/04/2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024- yilning 1- aprel holatiga respublikamizning doimiy aholisi  36 963 262 kishini tashkil etgan.



 Respublikamizning doimiy aholisi soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 % ga oshgan.

 Mamlakatimiz aholisi 2024- yil boshidan buyon 163,5 ming kishiga ko‘paygan.

 O‘zbekiston aholisi 2024- yilning har bir oyida o‘rtacha 54,5 ming kishiga oshgan.

 2024- yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 1,8 ming kishiga ko‘paymoqda.

 

 

 Matbuot xizmati