17/04/2024

Viloyatimizda joriy yilning yanvar-mart oylarida chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmi 2023- yilning yanvar-mart oyiga nisbatan 20,4 % ga kamaydi va 151,3 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Bu esa umumiy savdo hajmining 5,1 % ulushiga to‘g‘ri keldi.

Hududlar orasida  yirik korxonalarning chakana savdo tovar aylanmasi hajmining yuqori o‘sish sur’ati Bog‘ot (3,6 marta), Tuproqqal’a (160,6 %), Yangibozor (138,7 %), Shovot (126,3 %) tumanlarida qayd etilgan.

 

 Axborot xizmati