Statistika idoralarining keng jamoatchilik bilan mustahkam aloqa o‘rnatishdan asosiy maqsadlardan biri eng avvalo sohadagi yangiliklardan ularni o‘z vaqtida va to‘laqonli xabardor etib borishdan iboratdir. Shu boisdan idora va tashkilotlar hamda mahalla fuqarolar yig‘inlarida har haftada huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib borilmoqda.

Barcha joylarda bo‘lgani kabi viloyatimizning Qo‘shko‘pir tumanida ham ro‘yxatga olishga tayyorgarlik reja asosida olib borilmoqda.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 7 oyda eng ko‘p Xitoydan elektromobil import qilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 402,1 ming tonna shakar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 9,1 % ga oshgan. 2023-yilning iyul oyida yirik korxonalar tomonidan 69,5 ming tonna shakar ishlab chiqarilgan.

Xorazm viloyatida 2023- yilning  1- avgust holatiga  3 983 ta sanoat korxonasi faoliyat yuritgan.

Xorazm viloyatida 2023- yilning  1- avgust holatiga faoliyat yuritayotgan savdo sohasidagi korxona va tashkilotlar soni 8 947 tani tashkil etib, ular hududlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:

Yangibozor tumanida 2023- yilning  yanvar-iyun oylarida  492,5 mlrd so‘mlik  chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Qo‘shko‘pir tumanida shu yilning 6 oyida hajmi 224,1 mlrd so‘mlik dehqonchilik mahsulotlari yetishtirilgan bo‘lib, 2022- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 110,9 %ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-iyul oylarida Xorazm viloyatining import hajmi 323,8 mln AQSH dollarini  tashkil qildi va 2022- yilning mos davriga nisbatan 19,1  % ga oshdi.

2023- yilning yanvar-iyul oylarida viloyatimizning xizmatlar eksporti hajmi 6,1 mln AQSH dollarini yoki jami eksport hajmining 3,3 % ini tashkil etgan.

Joriy yilning 7 oyi yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida ishlab chiqarish sohalarining ulushi:

2023- yilning  yanvar-iyul oylarida viloyatimizda jami sanoat ishlab chiqarishi fizik hajmi  4,8 %ga o‘sgan.

2023- yil yanvar-iyul oylari yakuni bo‘yicha Xorazm viloyati xorijga 45,9 mln AQSH dollarlik to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan.

2023- yilning 7 oyida viloyati bo‘yicha 2024,1 mlrd so‘mlik bino va inshootlar qurilish ishlari bajarilgan. 

Shovot tumanida 2023- yilning yanvar-iyun oylarida hajmi 229,8 mlrd so‘mlik dehqonchilik mahsulotlari yetishtirilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 113,0 %ni tashkil etdi.

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha, 2023- yilning yanvar-iyul oylarida Xorazm viloyati korxonalari tomonidan 11,3 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022- yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksi 104,8 % ni tashkil etdi.

2023- yilning 7 oyida Xorazm viloyatida ko‘rsatilgan yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar hajmi 221,7 mlrd so‘mni tashkil etgan.

2023- yilning yanvar-iyul oylarida viloyatimizda 380,5 mlrd so‘mlik aloqa va axborotlashtirish xizmatlari ko‘rsatilgan.