2023- yilning yanvar-iyun oylarida Xiva shahrining umumiy ovqatlanish korxonalarining savdo hajmi 8,1 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda 3,0 %ga oshgan.

Joriy yilning 6 oyida  Tuproqqal’a tumanida  faoliyat yuritayotgan 308 ta kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 115,7 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

2023- yilning  yanvar-iyun oylarida Shovot tumanida 392,8 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 10,4 %ga oshgan.

2023- yilning 6 oyi natijalariga ko‘ra Urganch shahri sanoatida  hajmi 1698,2 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

2023- yil yanvar-iyul oylarida savdo xizmatlari hajmida eng yuqori ulush chakana savdo xizmatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan va 74,7 % ini tashkil qilgan.

Xorazm viloyatida 2023- yil yanvar-iyul oylarida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari  hajmi 3 488,1 ming so‘mga yetdi.

2023- yilning 7 oyida viloyatda bajarilgan qurilish ishlari hajmi (2934,5 mlrd so‘m)ning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibi:

2023- yilning yanvar- iyul oylariga viloyatimizda faoliyat yuritib kelayotgan kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 1654,2 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

Joriy yilning 7 oyida Xorazm viloyati xorijga 185,5 mln AQSH dollari qiymatidagi  tovar va xizmatlarni eksport qilgan.

Xorazm viloyatining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar (Rossiya, Qirg‘iz Respublikasi, Qozog‘iston, Belarus va Armaniston) bilan tashqi savdo aylanmasi joriy yilning yanvar-iyul oylarida 145,5 mln AQSH dollarini tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-iyul oylarida Xorazm viloyatining yirik hamkor davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi hajmi:

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida yirik korxonalarning ulgurji savdo tovar aylanmasi hajmi 603,3 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,0 %ga oshgan.

Bugun Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i A.O‘tamuratov va Narx statistikasi bo‘limi boshlig‘I Sh.Bobojonovlar Urganch shahrida o‘tkazilgan narx kuzatuvida ishtirok etdilar.

2022- yilda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 1 918,9 mlrd so‘mni  tashkil etgan.

   Joriy yilning 23- avgust kuni Xiva tumanida yakka tartibda tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi va o'zini-o'zi band qilgan jismoniy shaxslarning faoliyati tanlanma asosda kuzatildi.

Aholini ro‘yxatga olish ishlariga tayyorgarlikning muhim bosqichlaridan biri bo‘lgan uy-joylarning joylashuvini hududlarning xaritalari bilan solishtirib o‘rganish, xonadonlarning raqamlanganlik holatini monitoring qilish ishlari viloyatimizning Hazorasp tumanida ham reja asosida olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushi 26,0 %ni tashkil etdi. Kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushi o‘tgan yillarning tegishli davrida:

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyun oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 167,8 ming dona avtomobil kuzovlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 32,0 % ga oshgan. 2023-yilning iyun oyida yirik korxonalar tomonidan 7 ming dona avtomobil kuzovlari ishlab chiqarilgan.