Xorazm viloyatida YAHM hajmi 5,2 % ga o‘sdi va 15 642,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi. YAHMning o‘sishi qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 106,3 %, sanoatda 104,4 %, qurilishda 107,0 % va xizmatlar sohasida 103,6 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-iyul oylarida Xorazm viloyatining MDH davlatlari bilan tashqi savdo aylanmasi hajmi 168,0 mln AQSH dollarini tashkil etib, jami TSA hajmidagi ulushi 33,0 %ga teng bo‘lgan.

Viloyatimizda shu yilning yanvar-iyul oylarida avtotransport vositalari va ularning ehtiyot qismlari ulgurji va chakana savdo aylanmasi hajmi 3 182,4 mlrd so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 72,8 % ga ko‘paydi.

2023- yilning yanvar-iyul oylarida chakana tovar aylanmasi tarkibida ovqatlanish korxonalari savdo aylanmasining ulushi 3,0 % ni tashkil etib, 177,9 mlrd so‘mga yetdi va 2022- yilning mos davriga nisbatan 6,3 % ga ko‘paydi.

Viloyatning tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 2023- yilning yanvar-iyul oylarida 509,3 mln AQSH dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15,4 %ga ko‘paygan.

2023- yilning yanvar-iyul oylarida Xorazm viloyati xizmatlar hajmida yuqori ulushga ega faoliyat turlari:

2023- yilning yanvar-iyul oylarida viloyatimizda moliyaviy xizmatlar hajmi 1 572,6 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 304,8 mlrd so‘mni tashkil etdi va jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 10,4 % darajada qayd etilgan. 

Xorazm viloyatida joriy yilning 1- avgust holatiga 23 119 ta kichik biznes sub’ekti faoliyat yuritib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ular sonining o‘sish sur’ati 96,6 %ni tashkil etgan.

2023- yil yanvar-iyul oylarida  Xorazm viloyatida  2 539 tani yangi MCHJ tashkil etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 29,8 %ga oshgan.

2023- yilning 1- avgust holatiga Hazorasp tumanida 1 148 ta mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyat yuritgan.

2023- yilning 1- avgustiga Xonqa tumanida 504 ta oilaviy korxona faoliyat yuritgan bo‘lib, iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra eng ko‘p shu turdagi korxona:

2023- yilning 1- avgust holatiga Urganch shahrida 6 486 ta korxona va tashkilot davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lib, shundan 4 266 tasi faoliyat yuritgan.

Joriy yilning 6 oyida  Tuproqqal’a tumanida 60,1 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

2023- yilning  yanvar-iyun oylarida Gurlan tumanida 288,8 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 0,8 %ga oshgan.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida Yangiariq tumanida 251,2 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan.

Gurlan tumanida  joriy yilning 6 oyida  hajmi 205,9 mlrd so‘mlik dehqonchilik mahsulotlari  yetishtirildi.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida Shovot tumanida 296,7 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 107,0 %ni tashkil qilgan.