Joriy yilning 1- avgust holatiga viloyatimizda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi bo‘yicha faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 2 623 tani tashkil etgan.

2023- yil yanvar-iyul oylarida viloyatimizda yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari soni 3 739 ta bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ularning soni 310 taga oshgan.

2023- yilning 1- avgust holatiga Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning (dehqon va fermer xo‘jaliklarisiz) hududlar kesimida taqsimlanishi:

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-iyul oylarida Xorazm viloyatining chakana savdo tovar aylanmasi 6 020,9 mlrd so‘mni tashkil etib, 2022- yilning  yanvar-iyul oylariga nisbatan 103,1 % ga yetdi.

Xorazm viloyati joriy yilning yanvar-iyun oylarida Xitoy Xalq Respublikasidan qiymati 52,0 mln AQSH dollarlik mahsulot (xizmatlar) importini amalga oshirgan.

2023- yil yanvar-iyul oylarida  Xorazm viloyati xorijga 42,1 mln AQSH dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilingan.

2023- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra  Xorazm viloyati xorijga qiymati 10,1 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 13,2 ming tonna  meva va rezavorlarni eksport qilgan.

2023– yilning 1- iyul holatiga Shovot tumanining doimiy aholisi soni 178 120 kishini tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,7 %ga ko‘paygan.

2023- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra  Tuproqqal’a tumanida viloyat sanoatining 50,1 %iga teng bo‘lgan 4827,4 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

2023- yilning  yanvar-iyun oylarida Yangibozor tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan 196 ta sanoat korxonasi tomonidan hajmi 212,1 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan.

2023– yilning yanvar-iyun oylarida Gurlan tumanida 122,1 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida Xiva tumanida asosiy kapitalga 232,5 mlrd so‘mlik markazlashgan investitsiyalar o‘zlashtirilgan.

Joriy yilning 6 oyida Xiva shahrida umumiy hajmi 115,9 mlrd so‘mlik asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilgan.

Urganch shahrida 2023- yilning yanvar-iyun oylarida chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 1434,1 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,4 %ga oshgan.

Viloyatimizning barcha hududlarida avgust oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan 4-TJ (turar joy) uy joylarning tanlanma kuzatuvlari olib borilmoqda.

Xorazm viloyatining barcha hududlarida narx kuzatuvlari davom etmoqda. 2023- yilning 16- avgust kuni ana shunday kuzatuvlardan biri viloyatning Xonqa tumani dehqon bozorida o‘tkazildi.

Xorazm viloyatining barcha hududlarida narx kuzatuvlari davom etmoqda. 2023- yilning 15- avgust kuni navbatdagi 5 narx (o‘rtacha) haftalik kuzatuvi Gurlan va Qo‘shko‘pir tumanlaridagi dehqon bozorlarida olib borildi.

Viloyatimizning barcha hududlarida aholini ro‘yxatga olish ishlariga tayyorgarlik davom etmoqda. Shovot tumani statistika bo‘limi xodimlari tomonidan shu kunlarda joylarga chiqqan holda mahallalarning xaritalarini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.