2023- yil  1- iyul holatiga Gurlan tumanida 118 ta oilaviy korxona faoliyat yuritgan.

 2023- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 5 862,8 mlrd so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 6,3 % ga o‘sdi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan 1 097 ta yuk avtomobili ishlab chiqarilgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning 1- iyul holatiga O‘zbekistonda eng ko‘p aholi yashaydigan hudud — Samarqand viloyati (4 mln 159 ming kishi) hisoblanadi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida temiryoʻl transportida 4 916,3 ming yoʻlovchi joʻnatilgan boʻlib, bu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 496,9 ming kishiga koʻpdir (2022-yilning yanvar-iyun oylarida 4 419,4 ming yoʻlovchi joʻnatilgan).

2023- yil yanvar-iyun oylarida Qo‘shko‘pir tumanida 140,6 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

2023- yilning yanvar- iyun oylarida Xiva tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 170,1 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 107,0 % darajada qayd etilgan.

2023- yilning 1- iyul holatiga Xiva shahrining doimiy aholisi soni 97647 kishini tashkil qilgan.

2023- yilning  dastlabki 6 oyida  Yangiariq tumanida 561,5 mlrd so‘mlik chorvachilik mahsulotlari yetishtirilgan.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida viloyat tashqi savdo aylanmasi tarkibida Tuproqqal’a tumanining ulushi 26,7 %ni tashkil qilgan.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatimizga 3 925 nafar ko‘chib kelganlar qayd etilgan bo‘lib, har 1000 aholiga ko‘chib kelish koeffitsiyenti 4,0 promilleni tashkil etgan.

Xorazm viloyati shu yilning yanvar-iyun oylarida  xorijdan  14,9 mln AQSH dollari qiymatidagi sanoat tovarlarini import qilgan.

2023- yil yanvar-iyun oylarida  Xorazm viloyati importi tarkibida mashinalar va transport asbob-uskunalari hajmi 120,7 mln AQSH dollarini tashkil etib, 2022- yilning shu davriga nisbatan 20,1 mln AQSH dollariga  yoki 20,0 % ga ko‘paydi va importning umumiy hajmidagi ulushi 41,3 % ga yetdi.

Joriy yilning  1- iyul holatiga viloyatimizda boqilayotgan yirik shoxli qoramollar soni 2022- yilning mos davriga nisbatan 11,4 mingtaga yoki 1,2 %ga ko‘paygan va  948,6 ming boshga yetgan.

Viloyatimizda 2023– yilning yanvar– iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 244,4 mln dona tuxum (2022– yilning yanvar– iyuniga nisbatan 0,1 %ga ko‘p) ishlab chiqarildi.

Xorazm viloyatida 2023- yilning yanvar-iyun oylarida asosiy kapitalga 1906,5  mlrd so‘mlik xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi.

2023- yil yanvar-iyun oylarida Xorazm viloyatida avtomobil transportida  214,4 mln yo‘lovchi tashilgan.

Viloyatimizning barcha hududlarida yakka tartibda qurib foydalanishga topshirilgan uy joylarning tanlanma kuzatuvlari olib borilmoqda. 4-TJ (turar joy)  tanlanma kuzatuvi dislokatsiyasiga tushgan turar joylarning qurilish ko‘rsatkichlarini  1kv/mga nisbatan hisoblashga yo‘naltirilgan mazkur kuzatuv asosida statistik ma’lumotlar shakllantiriladi.