2023- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatimizga 3 925 nafar ko‘chib kelganlar qayd etilgan bo‘lib, har 1000 aholiga ko‘chib kelish koeffitsiyenti 4,0 promilleni tashkil etgan.

Xorazm viloyati shu yilning yanvar-iyun oylarida  xorijdan  14,9 mln AQSH dollari qiymatidagi sanoat tovarlarini import qilgan.

2023- yil yanvar-iyun oylarida  Xorazm viloyati importi tarkibida mashinalar va transport asbob-uskunalari hajmi 120,7 mln AQSH dollarini tashkil etib, 2022- yilning shu davriga nisbatan 20,1 mln AQSH dollariga  yoki 20,0 % ga ko‘paydi va importning umumiy hajmidagi ulushi 41,3 % ga yetdi.

Joriy yilning  1- iyul holatiga viloyatimizda boqilayotgan yirik shoxli qoramollar soni 2022- yilning mos davriga nisbatan 11,4 mingtaga yoki 1,2 %ga ko‘paygan va  948,6 ming boshga yetgan.

Viloyatimizda 2023– yilning yanvar– iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 244,4 mln dona tuxum (2022– yilning yanvar– iyuniga nisbatan 0,1 %ga ko‘p) ishlab chiqarildi.

Xorazm viloyatida 2023- yilning yanvar-iyun oylarida asosiy kapitalga 1906,5  mlrd so‘mlik xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi.

2023- yil yanvar-iyun oylarida Xorazm viloyatida avtomobil transportida  214,4 mln yo‘lovchi tashilgan.

Viloyatimizning barcha hududlarida yakka tartibda qurib foydalanishga topshirilgan uy joylarning tanlanma kuzatuvlari olib borilmoqda. 4-TJ (turar joy)  tanlanma kuzatuvi dislokatsiyasiga tushgan turar joylarning qurilish ko‘rsatkichlarini  1kv/mga nisbatan hisoblashga yo‘naltirilgan mazkur kuzatuv asosida statistik ma’lumotlar shakllantiriladi.

Statistika idoralari xodimlari tomonidan sohadagi yangiliklardan keng jamoatchilikni xabardor etib borishga qaratilgan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Barqaror rivojlanish yechimlari tarmogʻi (SDSN) va xalqaro ekspertlar tomonidan 2023-yilda eʼlon qilingan BRM (SDG index) reytingida Oʻzbekiston 71,1 indeks bilan 166 ta mamlakat orasida 69 oʻrinni egalladi.

2023- yil yanvar-iyun oylarida Xorazm viloyati sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmi 9633,7 mlrd so‘mni tashkil etib, umumiy ishlab chiqarish hajmida quyidagi hududlarning ulushi yuqori bo‘lgan:

2023- yilning 1- iyul holatiga Bog‘ot tumani aholisi soni  173935 kishini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,9 %ga o‘sgan.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Urganch tumanida 354,4 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich viloyatdagi jami qurilish ishlarining 14,3 %ini tashkil etgan.

2023- yilning yanvar- iyun oylarida Shovot tumanining uyushmagan savdo tovar aylanmasi hajmi 156,3 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

2023- yilning  dastlabki 6 oyida viloyatimiz xorijdan  16,0 mln AQSH dollarlik avtomobillar va ularning ehtiyot qismlarini import qilgan.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida kichik biznes subyektlarining Xorazm viloyati jami eksporti hajmidagi ulushi 60,9 % ini tashkil etdi.

2023- yilning 1- iyul holatiga Yangibozor tumani aholisi soni  91525 kishini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,7 %ga o‘sgan.

2023– yilning yanvar– iyun oylarida viloyatimizning barcha toifadagi xo‘jaliklari tomonidan 7 679,5 tonna  baliq ovlandi.