Joriy yilning, 1-may holatiga ro‘yxatdan o‘tgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 581 244 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etib, 2019- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,9 barobarga oshgan. Ularning so’nggi yillardagi dinamikasi quyidagicha:

2023-yil yanvar-mart oylarida Xorazm viloyatida jami 1,7 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi. Ulardan 70,7 % i yangi qurilishlarga yoʻnaltirilgan boʻlsa, kengaytirish, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish va texnik qayta qurollantirish boʻyicha 22,9 % hamda boshqa xarajatlarga 6,4 % investitsiyalar yoʻnaltirildi.

Xorazm viloyatiga 2023- yilning yanvar-aprel oylarida import qilingan sanoat mahsulotlari hajmi 8,5 mln AQSH dollarini tashkil etgan.

2023- yilning yanvar- aprel oylariga viloyatimizga xorijdan 14,6 mln AQSH dollarilik nooziq-ovqat xom-ashyosi import qilingan.

Xorazm viloyatida 2023- yilning yanvar-aprel oylarida ko‘rsatilgan moliyaviy xizmatlar tarkibida sug‘urta xizmatlarining hajmi 69,4 mlrd so‘mni, ulushi esa 8,1 %ni tashkil etgan.

 2023- yilning yanvar-aprel oylarida viloyatimiz sanoatida 69,4 mlrd so‘mlik qog‘oz va qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Xorazm viloyatining ishlab chiqaradigan sanoatida  2023- yil yanvar-aprel oylarida ishlab chiqaradigan sanoatda 41,1 ming tonna paxta tolasi ishlab chiqarilgan.

2023- yil yanvar-aprel oylarida viloyat sanoatida  19 052 dona yengil avtomobil (maxsus yengil avtomobillarsiz) va 6 851 dona maxsus yengil avtomobil ishlab chiqarildi.

Xorazm viloyatida 2023- yilning  1- may holatiga qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida 395 ta oilaviy korxona faoliyat yuritgan.

2023- yilning 1- may holatiga viloyatda xorijiy kapital ishtirokida 127 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritgan.

Xorazm viloyatida 2023- yil yanvar-aprel oylarida savdo sohasida yangi tashkil etilgan xususiy korxonalar soni 2022- yilning mos davriga nisbatan 103 taga oshgan va 179 taga yetgan.

2023- yilning 1- may holatiga viloyatda yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida 1 510 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritgan.

2023- yilning yanvar-aprel oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 1 513,4 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 1,7 % ga ko‘paydi.

2023-yilning yanvar-aprel oylarida dehqon bozorlarida o‘tkazilgan tanlanma kuzatuv natijalari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning savdo aylanmasi hajmi 288,3 mlrd so‘mni tashkil qilganini ko‘rsatdi.

2023-  yilning 1-choragida Qo‘shko‘pir tumanida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari umumiy hajmining 29,6%i qishloq xo‘jalik faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Yakka tartibda faoliyat olib borayotgan va o‘zini-o‘zi band qilgan jismoniy shaxslar faoliyatini o‘rganish bo‘yicha tanlanma kuzatuvlar viloyatimizning barcha hududlarida o‘tkazilmoqda.

Statistika sohasidagi yangiliklar, xususan qabul qilinayotgan yangi normativ hujjatlarning mohiyatini keng jamoatchilikka etkazishda huquqiy targ‘ibot ishlari katta ahamiyat kasb etadi.

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2023-yilning yanvar-mart oylarida respublika boʻyicha jami 16,3 ming tonna baliq ovlandi, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 100,5 % ni tashkil etdi.