2023-yil 1-may holatiga ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha o‘zaro taqqoslanganda, mas’ulyati cheklangan jamiyatlaridan keyin ikkinchi o‘rinni xususiy korxonalar egallagan bo‘lib, ularning yillar kesimida dinamikasi quyidagicha:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-aprel oylarida respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalar soni:

Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilning yanvar-aprel oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 7 194 dona maxsus yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022- yilning tegishli davriga nisbatan 38,4 % ga oshgan.

2022/2023- oʻquv yili boshiga viloyatdagi boshlang‘ich, o‘rta, o‘rta maxsus professional ta’lim muassasalarining o‘qituvchilar soni 918 nafarni tashkil etgan.

Xorazm viloyatida 2023- yilning 1- may holatiga yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 1 510 tani tashkil etgan.

Xorazm viloyatida 2023- yilning yanvar-aprel oylarida hududlar kesimidagi chakana savdo tovar aylanmasi hajmi:

Xorazm viloyatida 2023- yilning yanvar- aprel oylariga faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan  862,8 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

2023- yilning yanvar-aprel oylarida yirik tashkilotlar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari viloyatdagi jami qurilish ishlarining 7,9 %ini tashkil etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,  2023- yilning yanvar-aprel oylarida viloyatimizda hajmi 856,2 mlrd so‘mni tashkil etgan moliyaviy xizmatlar ko‘rsatildi.

Xorazm viloyatida 2023- yil yanvar-aprel oylarida chakana savdo xizmatlarining ulushi umumiy savdo xizmatlari hajmi (890,8 mlrd so‘m)ning 75,1 % ini tashkil etdi.

2023- yil yanvar-aprel oylarida Urganch tumanida 52 ta nikohdan ajralish holatlari qayd etilgan.

2023- yilning yanvar-mart oylarida Qo‘shko‘pir tumanida 716 ta tug‘ilish holati qayd etilgan.

Xorazm viloyatida 2023- yilning yanvar-aprel oylarida  aholi jon boshiga iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish 1 412,1 ming so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 110,4 % o‘sishni ko‘rsatdi.

📊 Xorazm viloyatida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-aprel oylarida iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 3 306,2 mlrd so‘mni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-aprel oylarida   Xorazm viloyatining importi tarkibida sanoat mahsulotlari tovarlari hajmi 8,5 mln AQSH dollarini tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 45,0 % ga kamaydi hamda importning umumiy hajmidagi ulushi 4,8 % ni tashkil qildi.

2023- yilning yanvar-mart oylarida Shovot tumanining barcha toifadagi xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlari hajmi 2,7 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,8 %ga oshgan.

Xorazm viloyatining  2023- yil yanvar-aprel oylaridagi importi tarkibida mashinalar va transport asbob-uskunalari hajmi 80,2 mln AQSH dollarini tashkil etib, 2022- yilning shu davriga nisbatan 17,0 %ga ko‘paydi va importning umumiy hajmidagi ulushi 44,8 %ga yetdi.

Bugun, 25- may kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari X.Egamov (Xonqa tumanida), boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari  U.Bardiyev (Urganch shahrida) va Xizmatlar statistikasi bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari Q.Matchanovlar (Yangiariq tumanida) xizmatlar sohasida o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini o‘rganish yuzasidan kuzatuv o‘tkazdilar.